yov
bilan ulashing
1. Urush, jang holatidagi qarshi tomon, dushman, gʻanim.
-
Yov qochsa, botir koʻpayar. Maqol
-
Yovni ayagan yara yer, kaltagini sara yer. Maqol
-
Bir soat chamasi otishgandan soʻng, yov bizning oʻqimizga chidolmay, ikki darvoza orasida uch-toʻrt yuz oʻlik qoldirib, qochishga majbur boʻldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Qarama-qarshi maqsaddagi kishi; dushman, raqib.
-
Yomon yoʻldosh yov boʻladi, oxir ishi dov boʻladi. Maqol
-
Qimor qizib, har kimsa bir-biriga yov. Gʻayratiy
yov soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yov yeydimi
Yov chopdi
-
Boboqulning yettinchi otasi, qishloqqa yov chopganda, Oqsoy koʻprigining ostiga bekinib, jonini asrab qolgan ekan. S. Anorboyev, Oqsoy
Yov qarash
-
Eshon Dadashevga yov qarash qilib, eshikni taraqlatib chiqib ketdi. I. Rahim, Taqdir
Yov quvganday
-
[Toʻgʻonbek] Xuddi yov quvganday, qattiq yurdi. Oybek, Navoiy
-
Odamlar, yov quvganday, har tarafga tarqalishdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
Tilsiz yov
-
Tilsiz yov bizning mehnatlarni zoye ketkazmoqchi. U. Ismoilov, Saylanma
YOV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yov so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar