asab
bilan ulashing
1. anat. fiziol. Bosh va orqa miyadan barcha aʼzolarga tarqalgan va ularning faoliyatini boshqarib turadigan juda ingichka nerv tomirlari tizimi va shu tomirlarning har biri.
-
Oʻzi yosh, asablari butun. S. Zunnunova, Olov
2. Organizm faoliyati va inson xatti-harakatlarini oʻz ichiga olgan shunday tizimlar majmui.
3. Shu tizimlar majmuining holati.
-
Boboshning tarang asablari boʻshashib, yengil tortdi-da A. Muxtor. Boʻronlarda bordek halovat
-
Goʻzal manzara ruhingizni bardam, asablaringizni osoyishta qiladi. Saodat
4. Asabiy holat.
-
Adolat asabdan titrab, boshini ushlab, oʻtirib qoldi. S. Zunnunova, Gulxan
asab soʻzi qatnashgan jumlalar:
Asabiga tegmoq
-
U Karim bilan Mehrini maqtab, Qodirovning asabiga tekkanini sezib turardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
Asabi buzilmoq
-
Boʻlar-boʻlmasga asabing buzilmasin.
ASAB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АСАБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
asab so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar