asal
bilan ulashing
1. Oʻsimliklar gulidagi shira (nektar)ning ishchi asalarilar organizmida qayta ishlanishidan hosil boʻladigan shirin, suyuq oziq mahsuloti.
-
Mehnat qilib topganing — qand-u asal totganing. Maqol
-
Kuniga uch mahal bir stakaniga bir osh qoshiqdan asal aralashtirib ichgan maʼqul. Saodat
2. koʻchma Juda shirin narsa haqida.
-
Kuz oylari boshlanishida bu yerda hovli atrofidagi yetinqiragan mevalar, soʻridagi husayni uzumlardan asal tomib turadi. Tuygʻun, Doʻstlik sevinchlari
-
Ha, oʻzimiznikidan: Qorabuloqning suvini ichadi-yu, asal boʻlib ketmaydimi? M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Asal (xotin-qizlar ismi).
ASAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АСАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
asal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar