bilim
bilan ulashing
1. Obyektiv borliq haqidagi yoki muayyan (ilmiy, madaniy, maʼrifiy, maʼnaviy, harbiy va boshqalar) sohalarga oid ilmiy, amaliy maʼlumotlar, tushunchalar majmui; ilm.
-
Til bilimi. Yer bilimi. Huquq bilimi. Bilim baxt keltirar. Maqol
-
Bilim — oltindan qimmat, qilichdan kes-kir, zambarakdan kuchli. Gazetadan
-
Chinakam xayol genial bilim talab qiladi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Bizdan talab qilinadigan narsa butun kuch va harbiy bilimni ishga solish. N. Safarov
-
Shu [gazeta va jurnallar oʻqish] bilan dunyoviy bilimlarga boʻlgan tashnaliklarini qondirar, olamdagi gaplardan xabar topar edi, K. Yashin, Hamza
2. Oʻqimishlilik darajasi, maʼlumot, qobiliyat (eruditsiya).
-
Uning bilimi zoʻr. Bilimim yetishmaydi. Bilagi zoʻr birni yiqar, bilimi zoʻr mingni yiqar. Maqol
-
Bu mansabga u halol mehnati, bilimi, el ishiga sadoqati tufayli erishdi. Gazetadan
-
Menga qolsa, institutga eshik qolib, teshikdan kirmagani maʼqul Uz bilimi bilan kirsin. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Yodgor uning otini bilolmay qolgan boʻlsa ham, bilimiga tan bergan, uzoq vaqtgacha qizning gaplarini, chiroyli chehrasini unutolmay yurgan edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
bilim soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bilim yurti
-
Pedagogika bilim yurti
-
Toshkent oʻzbek bilim yurti.
BILIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИЛИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bilim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar