bilet
bilan ulashing
1. Biror narsa (transport vositalari)dan foydalanish, biror joyga (teatr, sport saroyi va boshqalar) kirish huquqini beradigan hujjat, chipta.
-
Tramvay bileti. Sirkka kirish uchun bilet.
-
Toʻgʻri vokzalga kelib, Qoʻngʻirot poyezdiga bilet oldim. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Konduktor bizning roʻparamizga kelib qoldi. Men darhol Hafizaxonga iltifot qildim: — Bilet oldingizmi, yoʻqmi, Hafizaxon? Guldasta
2. Biror tashkilot, partiya, ijtimoiy-siyosiy guruhga yoki harbiy sohaga aʼzolikni, aloqadorlikni tasdiqlovchi rasmiy hujjat.
-
Partiya bileti. Aʼzolik bileti. Studentlik bileti. Harbiy bilet.
-
Xalq-demokratik partiyasining yangi aʼzolariga partiya biletlari topshirildi. Gazetadan
-
U yerda [tugunchada] Dadaxon akaning harbiy bileti, allaqanday tashakkurnomalar bor edi. E. Raimov, Ajab qishloq
3. Imtihon savollari yozib qoʻyilgan varaqa.
-
— Bilet oling, — dedi. Imtihon paytida bilet nima-yu, choʻgʻ nima! Shafqat tilaganday yeyekin qarab qoʻydim. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Imtihon qogʻozini tashlab, duch kelgan biletni oldim. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
4. Oʻyinda pul yoki boshqa xil yutuqlar chiqishini vaʼda qilib sotiladigan hujjatlar. Lotereya bilekti.
-
Joʻravoy biletlarni qoʻliga olgach, majburlab berilgan lotereyalarga koʻpincha yutuq chiqadi, degan mish-mishlarni eslab, koʻnglida qandaydir umid uchquni yilt etdi. Yoshlik
BILET so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИЛЕТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bilet so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar