bildir
bilan ulashing
1. Bilmoq 1-5 feʼllarining orttirma nisbati.
-
Qorovul tomoq qirib, oʻzining uygʻoq ekanini bildirdi. Mirmuhsin, Umid
-
Navroʻz Yangi kun, Yangi yil degan maʼnoni bildiradi. Fan va turmush
-
Bu ham sening oʻz ishingga sado-qatingning zoʻrligini bildiradi. S. Ahmad, Yulduz
2. Oshkor qilmoq, sezdirmoq; ochmoq.
-
Joʻmard yoʻqligini bildirmas, tulpor — ochligini. Maqol
-
Koʻrganning tili bildirar, Kuyganning — dili. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Bu sirni eringdan boshqa hech kimga bildirma. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Mehmon borsa baxillarning uyiga, Atay qopib, harna feʼlin bildirar. Yusuf va Ahmad
3. Izhor qilmoq, aytmoq.
-
Azizxon qoʻlini koʻksiga qoʻyib, minnatdorchilik bildirdi. S. Ahmad, Ufq
-
Ular achinib, Muroddan ahvol soʻrashdi, hamdardlik bildirishdi, koʻnglini koʻtarishdi. T. Ashurov, Oq ot
-
Har qanday inson oʻz fikrini bildirib, qalbini yozishga haqli. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
4. Dalolat bermoq, koʻrsatmoq.
-
Otlarning kishnashi, odamlarning hoy-huylashi manzilning yaqinligini bildirar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Qizil chiroq yondi birdan, Toʻxtashimni bildirib. Yosh kuch
BILDIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИЛДИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bildir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar