bilan
bilan ulashing
1. Bosh kelishikdagi turli soʻzlar bilan ishlatilib:
2. 1) ish-harakatning amalga oshishidagi birgalik, hamkorlikni ifodalaydi.
-
Otam bilan keldim.
-
Koʻchalarni, qishloqni, ayniqsa Mahvash bilan birga dars tayyorlagan joylarni juda-juda qoʻmsadim. T. Ashurov, Oq ot
3. 2) ish-harakat yoki hodisaga vosita boʻlgan narsani bildiradi.
-
Oshning taʼmi tuz bilan, odam taʼmi soʻz bilan. Maqol
-
Sut bilan kirgan — jon bilan chiqar. Maqol
-
Kosada lagʻmon koʻtarib kirgan Margʻuba bir qoʻli bilan shishani ushladi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
-
Inson xatoni koʻproq oʻz tili bilan sodir qiladi. Gazetadan
4. 3) ish-harakatning tarzi, holati va shu kabilarni bildiradi.
-
Butun kuchi bilan. Botirlik bilan. Osonlik bilan. Diqqat bilan.
-
Xatda Sanobar erining qaytishini sabrsizlik bilan kutayotganini yozar edi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
-
Akbarali tuproqqa yonboshi bilan tushdi. S. Ahmad, Ufq
-
Oysha xola bu ovozni butun qalbi, borligi bilan tinglardi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
5. 4) ish-harakatning qachon sodir boʻlgani va qancha vaqt davom etganligini bildiradi.
-
Mahvash ham kunduzi bilan shu yerda boʻladi. T. Ashurov, Oq ot
6. 5) ish-harakatning biror joy boʻylab yoʻnalishini bildiradi.
-
Bu rastada ikki tomonda besh-oltita katta doʻkon boʻlib, tor, kamgak yoʻl bilan bazzozlikka, shohifurushlik rastasiga tutashar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
7. 6) ish-harakat yoki holatning roʻy berishi, yuzaga chiqishiga qaysi narsa sabab (asos) boʻlganligini bildiradi.
-
Komandirning buyrugʻi bilan keldim.
-
Har bir narsaga oldindan hukm etish toʻgʻri emas har bir ish Ollohning buyrugʻi bilan boʻladi. Oybek, Tanlangan asarlar
8. Brkt. bogʻl. vzf.
9. 1) gap boʻlaklarini, asosan, uyushiq boʻlaklarni bogʻlaydi va vazifasiga koʻra va bogʻlovchisiga teng keladi.
-
U qalam bilan qogʻozni choʻntagiga solib, oʻrnidan turganda, Boʻtaboy keldi. A. Qahhor, Asarlar
-
Bular koʻzdan gʻoyib boʻlgandan keyin, Kanizak bilan Sidiqjon butaning orqasidan chiqishdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
10. 2) payt va toʻsiqsiz ergash gapli qoʻshma gaplarda bosh gap bilan ergash gapni bogʻlash uchun xizmat qiladi.
-
Deraza ochilishi bilan, Yoʻlchi boshini koʻtardi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Barmoq saraklatib, soʻzga ogʻiz juftlashi bilan, birdan yoʻtali tutdi. A. Obidjon, Akang qaragʻay Gulmat
-
Halvo degan bilan, ogʻiz chuchimaydi. Maqol
-
Yer boʻlgani bilan, hosil boʻlmasa qiyin. A. Qahhor, Qoʻshchinor
bilan soʻzi qatnashgan jumlalar:
Shu bilan
-
Shu bilan ishni toʻxtatamiz. Shu bilan majlis tamom;
-
Shu bilan, Umri benom-nishon yoʻqoldi. A. Qahhor, Xotinlar
Shu(ning) bilan
-
Shuning bilan maʼlum qilamizki. Shuning bilan yetib maʼlum boʻlsinki.
BILAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИЛАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bilan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar