baqaloq
bilan ulashing
1. Hayvonlarning tuyoq bilan ilik oʻrtasidagi boʻgʻini.
-
Sayislarning otga solgan daviri Tushadi tarlonning baqalogʻiga. Oysuluv
2. Shu boʻgʻin va unga yopishgan goʻshtdan iborat ovqat.
-
Soʻngra tugunini ochdi. Rosa ishtaha bilan qoʻyning baqalogʻini nonga qoʻshib yeya ketdi. Gazetadan
1. Eni boʻyiga nomutanosib; semiz, doʻmboq.
-
Baqaloq yigit. Baqaloq qoʻllar.
-
Roʻparamda oppoq neylon koʻylakni toʻldirib, baqaloq bir kishi turardi. N. Aminov, Qahqaha
-
Malikaxon semiz, baqaloq soniga shapatilab, ogʻzini koʻkka qaratib, zavq bilan kuldi. N. Aminov, Qahqaha
-
Qip-qizil, semiz, baqaloq tanasini zoʻr berib yelpirdi. N. Aminov, Qahqaha
2. koʻchma Yoʻgʻon, semiz.
-
Zum oʻtmay, baqaloq shishada fransuz konyagi bilan bir tarelka husayni uzum koʻtarib chiqdi. S. Ahmad, Jimjitlik
-
Qayragʻochning qalin, baqaloq shoxlari tashlab turgan soya ham nafaslari boʻgʻilib turgan aʼyonlar joniga orom berol-may qoldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
BAQALOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАҚАЛОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
baqaloq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar