kalit
bilan ulashing
1. Qulfni ochish yoki berkitish uchun ishlatiladigan metall asbob.
-
Uyning kaliti. Sandiqning kaliti. Eshikning kaliti.
-
Mamarayim afandi Teshaboydan omborlarning kalitlarini olgandan keyin, u yerdagi mollarni yaxshilab koʻzdan kechirib chiqdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Biror mexanizmni burab yurgizish, ishga tushirish uchun ishlatiladigan metall asbob.
-
Devor soatning kaliti. Oʻyinchoqning kaliti.
-
Ilhomjon tezda domkrat va kalitlarni oldi. N. Aminov, Yolgʻonchi farishtalar
3. tex. Gayka va boltlarni burab qattiqlash yoki boʻshatish uchun ishlatiladigan uzunchoq dastali yoki dastasiz jagʻli metall asbob.
4. musiqa Besh qatorli nota chizigʻining birortasiga qoʻyiladigan va shu chiziqdagi nota nomi va balandligini bildiradigan maxsus belgi.
5. maxs. Test sinovlarida berilgan test topshiriqlarining eng toʻgʻri javoblarini aks ettiruvchi jadval; toʻgʻri javoblar roʻyxati.
6. koʻchma Biror narsaga erishish yoki uni tushuntirish (anglash), topish, egallash yoʻli, vositasi, imkoniyati.
-
Baxt kaliti. Gʻalaba kaliti.
-
Magʻrur ovoz berar odam degan soʻz! Tilsimlar kaliti uning qoʻlida. T. Toʻla.
-
Hayotda shunday kishilar boʻladiki, qalb kaliti ularning qoʻlida. Yo. Shukurov, Xalq bilan hamnafas
-
Hosilning kaliti deb atalmish bu boylik [mineral oʻgʻit] qor, yomgʻir ostida kuchini yoʻqota boshlagan. X. Toʻxtaboyev, Oʻgʻitdan togʻlar
KALIT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАЛИТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kalit so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar