kalla
bilan ulashing
1. Jonivorlarning boshi (odatda, chorva mollarining boshi haqida).
-
Otning kallasi. Hoʻkizning kallasi. Filning kallasi.
2. Soʻyilgan chorvaning boshi (xom yoki pishirilgan).
-
Kalla goʻshti. Kalla kuydirmoq,. Kalla shoʻrva.
-
Hech bir toʻy-tomosha oqsoqolsiz oʻtmasdi. Birontasi echki soʻygudek boʻlsa, kallasini eng avval oqsoqol oldiga qoʻymasdan iloji yoʻq. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. so‘zlashuv tili Odam gavdasining yuqori qismi, boshi.
-
Har kallada bir xayol.
-
U [amir] kulgan sari qiltiriqday boʻyniga kallasi ogʻirlik qilib, dam oldinga, dam orqasiga ogʻib ketar edi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Qiz kallasini chayqab, qoʻllarini yeng-sochbogʻ ichiga tiqib oldi. S. Siyoyev, Avaz
4. Boshi katta kishi ismiga laqab sifatida qoʻshib ishlatiladi.
-
Ahmad kalla. Karim kalla
-
Hammasi ham Gʻiyos kallaga oʻxshagan betavfiq boʻlaverarmidi? M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
5. so‘zlashuv tili Koʻchma Aql, miya.
-
Kallasi bor odam koʻp chekmaydi. Bolaning kallasi joyida. Kallangni ishlat!
-
Oʻzimning kallam bor, sening maslahatingsiz ham eplab ketaman. S. Siyoyev, Otliq ayol
6. so‘zlashuv tili Koʻchma “Nodon”, ahmoq, kallavaram kabi maʼnolarda ishlatiladigan undalma.
kalla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kalla solmoq
Xom (yoki qovoq) kalla
-
Bilmasang, nega, urdi deb qoʻl qoʻyasan, majbur qildi deb guvohlikka oʻtasan, qovoq kalla?! O. Yoqubov, Larza
Kalla pishdimi?
Kalla tashlamoq
-
Roʻparamda, suvning labginasida, katta xarsangtosh turardi. Shuning ustidan kalla tashlamoqchi boʻlib, endi oyoq qoʻygan edim, nima boʻldi-yu, shalop etib, suvga agʻdarilib tushdim. Oʻ. Umarbekov, Sevgim, sevgilim.
Kalla qand
Kalla qilmoq (yoki urmoq, qoʻymoq)
-
Qora yigit alam bilan uni bir kalla qilgan edi, xotinning oldiga borib tushdi. S. Ahmad, Saylanma
-
Yoʻlchi bir kalla urib, Qora Ahmaddan oʻzini ayirdi Oybek, Tanlangan asarlar
-
Toʻlan bosh egib, navbatdagi darraga yelka tutgan boʻldi-yu, kutilmaganda qozi askarga kalla qoʻydi. S. Siyoyev, Avaz
Kuydirgan kalla
Issiqxonalar va xonadonlarda oʻstiriladigan, gullaydigan koʻp yillik manzarali oʻsimlik.
KALLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kalla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar