kallak
bilan ulashing
1. Daraxt tanasining shox-butoqlari kesib tashlangan yuqori qismi, kesilgan shoxi, butogʻidan qolgan qismi.
-
Abror, oʻgʻlim, ana u behining kallagiga gazeta qistirib qoʻygan edim, shuni olib kel. A. Qahhor, Asror bobo
-
Podishoning dori shu Guliston shahrining bir chekkasida, kallak tutga yaqin joyda edi. Murodxon
2. Biror narsaning bosh qismi.
-
Silindrlar kallagi. Raketaning yadroli kallagi.
3. maxs. Kulolchilikda idish va boshqalar yasashda ishlatiladigan moslama — charxning loy qoʻyiladigan joyi.
-
Kulol charx kallagiga qoʻygan gumbaz-loydan idish yasab, olmadek ortib qolganini tashlab yubormay, hushtak yasaydi. Mirmuhsin, Meʼmor
kallak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kallak urmoq
-
Yangi kallak urilgan tut ostida qoʻliga boltasini ushlab Sobirjon oʻtiribdi. S. Zunnunova, Olov
KALLAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАЛЛАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kallak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar