kalka
bilan ulashing
1. Chizma yoki rasm nusxasini tushirish uchun maxsus ishlangan shaffof qogʻoz yoki mato.
-
Kalka bilan rasm olmoq.
-
Nusxa olinadigan chizma ustiga chizma varagʻidan sal katta kalka varagʻi qoʻyish kerak. A. Abrikosov, Chizmachilik
2. Chizma yoki rasmning shunday qogʻoz yoki matoga tushirilgan nusxasi.
-
bepoyon choʻlni toʻrt kishi kezib yuribdi. Ularning qoʻlida planshet, kalkalar tushirilgan turli oʻlcham va sxemalar. R. Oʻroqov, Qarshi choʻlida
3. tilshunoslik Boshqa til lugʻaviy birligidan ona tili vositalari bilan soʻzma-soʻz tarjima qilish orqali yasalgan soʻz yoki ibora.
-
“Dunyoqarash” soʻzi ruscha “mirovozzreniye” soʻzining, ishchi kuchi esa rabochaya sila iborasining kalkasidir. OʻTA
KALKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАЛЬКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kalka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar