namuna
bilan ulashing
1. Bir turdagi narsalarning shu narsalar haqida tasavvur bera oladigan bir nusxasi, boʻlagi, donasi.
-
Gazlama namunasi. Gʻalla namunalari koʻrgazmasi.
2. Timsol, misol.
-
Qutbiddinlar ikki kun davomida lojuvard konini oʻrganishdi, oʻn kilogrammcha namuna olishdi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Yusufjon qiziq Shakarjonovning hayotiy va ijodiy yoʻli kamtarlik, mehnatsevarlik va xalqqa sidqidildan xizmat qilishning yorqin namunasidir. T. Obidov, Yusufjon qiziq
3. Oʻrnak boʻla oladigan, ibrat olsa, ergashsa arziydigan shaxs yoki narsa; ibrat, oʻrnak.
-
U mehnatsevarlikda hammaga namuna. Namuna koʻrsatmoq. Namuna olmoq. Namuna maktabi.
-
— Biz maktabimiz bilan faxrlanamiz. Bu yerni bitirib ketganlar bizga namuna va oʻrnak, — dedi Aʼzam Rasulov. E. Raimov, Ajab qishloq
NAMUNA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НАМУНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
NAMUNA so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan NAMUNA so‘ziga berilgan ma’nolar
namuna so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
namuna so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar