namozshom
bilan ulashing
1. Kun botib, qorongʻilik tusha boshlagan payt, qosh qoraya boshlagan vaqt; oqshom.
-
[Tillaboy] Oldiga qoʻyilgan ovqatlarni xoʻp yeb olgandan keyin, xuftonni namozshomdayoq chala-chulpa oʻqib olib, darrov uxlab qolar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Kun botgandan bir oz keyin oʻqiladigan namoz, besh vaqt namozning toʻrtinchisi.
-
Soʻzni kelgan yerida toʻxtatib, Hojibobo imom boʻlgan holda, namozshom oʻqishga qoʻzgʻaldilar. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
namozshom soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dili (yoki koʻngli)
-
— Xunuk voqeadan dilim namozshom boʻlib, xayol surib kelayotgan edim, Oʻrinboyning soʻzlariga uncha eʼtibor bermabman, — dedi Kamol. H. Nazir, Koʻkterak shabadasi
NAMOZSHOM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НАМОЗШОМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
namozshom so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar