dangal
bilan ulashing
1. Raʼy-andisha, yuz-xotir qilmasdan, roʻyirost, ochiq.
-
Dangal gap. Dangal aytmoq.
-
Zumrad paytdan foydalanib, dangal gap boshladi. S. Siyoyev, Otliqayol
-
Nuqsonlarini dangal ayt, xatolarini yuziga sol, koʻzi ochilsin. Uygʻun, Navbahor
-
Ota vaziyatdan chiqishning yoʻlini qidira-qidira, dangaliga koʻchib qoʻya qoldi. E. Aʼzamov, Javob
2. Tortinmasdan, bemalol; qoʻrqmasdan, shiddat bilan.
-
Ahmad xona eshigini taqillatdi-da, dangal ichkariga kirdi. F. Musajonov, Ximmat
-
Bu deyman, yoʻli shunaqamas-ku, xoʻjayin, dangal kirib kelavermaysizmi? A. Muhiddin, Nuqsonboy
-
Shayx Nazarboy naqibga oʻqrayib qarab qoʻydi-yu, dangal choʻkkaladi. S. Siyoyev, Avaz
3. Rostmana, chin koʻngildan; samimiy.
-
Xalil aka askiyachilarga oʻxshab ochiq va dangal kulardi. F. Musajonov, Himmat
-
Bu hazildan faqat Risolat kuldi. Dangal va chiroyli kular edi. F. Musajonov, Himmat
DANGAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАНГАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dangal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar