bo‘shliq
bilan ulashing
1. Maʼlum chegaralar bilan oʻralgan boʻsh joy; havol joy.
-
Qorin boʻshligʻi (anatomiya). Silindr ichidagi boʻshliq.
-
Oqibatda oqsil moddalar qorin boʻshligʻiga sizib tusha boshlaydi. Gazetadan
-
Ogʻiz boʻshligʻida hech qanday toʻsiqlarga uchramay hosil boʻladigan, tarkibi ovozdan iborat tovushlar unli tovush deb ataladi. Oʻzbek tili darsligi
2. Cheksiz olam, fazo, osmon; cheki yoʻq boʻsh joy.
-
Olimlar yaqin vaqtlarga qadar kosmik boʻshliqni oʻrganishni faqat orzu qila olar edilar.
-
Zumrad koʻzlarini qorongʻi boʻshliqqa tikkanicha qimirlamay oʻtirardi. S. Zunnunova, Gulxan
-
Huvullab izgʻiyotgan togʻ shamoli choʻqqilarni yalab oʻtib, bepoyon boʻshliqqa singib ketardi. S. Karomatov, Oltin qum
3. Boʻsh yotgan yer, joy.
-
Shundan keyin bir boʻshliq yer bilan qoʻrgʻonning janubiga qarab ketiladir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Ayniqsa, bular birinchi qadam qoʻygan yillari bu yerlar huvullab yotgan boʻshliq — sahro edi. A. Muxtor, Asarlar
4. fizika Havosiz joy, vakuum.
-
Ochiq fazo boʻshligʻi. Silindr havosini tortib olib, boʻshliq hosil qilmoq.
BO‘SHLIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎШЛИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘shliq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar