bo‘shash
bilan ulashing
Boʻshamoq I feʼlining birgalik nisbati.
-
Kuzda bolalar dala ishlaridan boʻshashsa, maktabni ochib yuborish niyatida edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
1. Yumshoq boʻlib qolmoq, yumsharmoq.
-
Yer yetilib, ancha boʻshashib qolibdi.
2. Tarangligini yoki mustahkamligini yoʻqotmoq, osilib qolmoq.
-
Stullarning oyoqlari boʻshashib qolibdi. Tormoz boʻshashib qolibdi. Tishlarim boʻshashibdi.
-
Koʻzoynak oshiq-moshigʻi koʻpincha boʻshashib qoladi, shunda uning boltini mahkam burab qoʻying. Gazetadan
3. Kuchi kesilib, pasaymoq, qaytmoq.
-
Shamol boʻshashdi. Sovuq boʻshashdi.
-
Issiq birmuncha boʻshashgandek tuyulsa ham, dimlik zaptida edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Muqaddam kuchli edi. Uzoq olishdi. Keyin birdan boʻshashdi-yu, jimib qoldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
4. Madori qurimoq, jismonan zaiflashmoq; shalpaymoq.
-
Adolat boʻshashdi. Indamay, holsizlik bilan stulga oʻtirdi. S. Zunnunova, Olov
-
Tamom boʻshashib, darmoni qurigancha, devorga suyanib qoldi. Yoshlik
-
Oyoqlarim boʻshashib, titrab ketdim. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
5. koʻchma Hovuridan tushmoq, gapidan, niyatidan qaytmoq, boʻsh kela boshlamoq; hafsalasi pir boʻlmoq.
-
Oftob oyim erining keyingi soʻzi bilan anchagina boʻshashdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Zumrad avvaliga yengil qarshilik qilgan boʻldi, soʻng begona erkakning ogʻushi ham issiq boʻlishini sezib boʻshashdi. S. Siyoyev, Otliq ayol
-
Tamannoning tarvuzi qoʻltigʻidan tushib, boʻshashdi. Mirmuhsin, Qahramonnoma
6. Boʻsh qoʻyilganligi natijasida susayib ketmoq.
-
Intizom boʻshashmasin. Ish boʻshashmasin. Talabchanlik boʻshashmasin.
-
Ishlarni boʻshashtirib yuboribsiz. E. Samandarov, Daryosini yoʻqotgan sohil
bo‘shash soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boʻgʻini boʻshashmoq
BO‘SHASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎШАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘shash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar