hakalak
bilan ulashing
1. Bir oyogʻi yoʻq.
-
Chap oyogʻingizni kesisharmish. Ikki oyoq bilan sizdan koʻrganim shu boʻlsa, endi hakalak boʻlganda nima qilardingiz. Bir kamim choʻloq boqishmidi! S. Karomatov, Bir tomchi qon
2. bolalar Yerga chizilgan kataklar boʻylab bir oyoqlab sakrab oʻynaladigan bolalar oʻyini.
-
Hakalak oʻynamoq.
hakalak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hakalak otmoq
-
Sevar bir oyoqda hakalak otdi, laylak boʻlib uchdi. S. Abduqahhor, Koʻzlar
-
Nafsi hakalak otib ketganda, podadagi ikki-uchta sigirni ushlab, navbati bilan sogʻib ichardi. N. Qobil, Unutilgan sohillar;
-
Egov va boshqa bir qancha tovarlarga ham mudirning hakalak otgan nafsiga javob beradigan darajada ustama narx qoʻyildi. A. Toʻlaganxoʻjayev, Chigirtkalar
-
Nafsi hakalak otgan Hamro Safoyev birdan davlat hisobidan jaraq-jaraq pul undirish payiga tushib ketdi. Mushtum
HAKALAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАКАЛАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hakalak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar