hajv
bilan ulashing
Ayrim shaxs yoki ijtimoiy hayotdagi nuqsonlarni kulgi ostida olib, masxaralab aytilgan (yozilgan) gap, jumla, bayt, asar.
-
Avaz ayrim munofiq, nodon kimsalar xususida hajv aytdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Muqimiyni koʻrganlar kam boʻlsa ham, lekin uni ogʻizdan ogʻizga oʻtib kelgan diltortar gʻazallaridan, kuldirib ichakuzar hajvlaridan taniydiganlar koʻp edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
U devoriy gazetaning redkollegiya aʼzosi edi, progulchilikka qarshi chiqarilayotgan shoshilinch son uchun uch-toʻrt band hajv yozib borishni iltimos qilishdi. P. Qodirov, Uch ildiz
hajv soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hajv qilmoq
-
U Avazning tili zaharligini, birovni hajv qilishga ustaligini biladi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Shoir Madhiyning boʻlsa yana ahvoli maʼlum: xonni maqtash, oʻziga yoqmaganni hajv qilish, xotinbozlik, bachchabozlik bilan ovora bir betayin. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
HAJV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЖВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hajv so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar