hakam
bilan ulashing
1. Taraflar oʻrtasidagi kelishmovchilikni, janjalni sudsiz bartaraf etuvchi, kelishtiruvchi xolis vositachi; arbitr.
-
Uncha katta boʻlmagan bu qishloqning oʻz kayvonisi-yu buzgʻunchisi, oʻgʻrisi-yu hakami, baxtlisi-yu baxtsizlari bor. Yoshlik
-
Ketdilar-ku shum riyolar imonni aldab, Hakam boʻlsin, haqni aytsin biladiganlar. A. Isroilov
2. aynan Sudya 1.
-
Yigitali shu damlarda xuddi hozir ustidan yo hayot, yo mamot hukmi chiqaradigan hakamni kutayotgan mahbusdek, tahlikaga tushib qoldi. D. Nuriy, Osmon ustuni
3. Sport, shuningdek, sanʼat musobaqasida qatnashganlarning mahoratiga baho beruvchi shaxs; arbitr.
-
Hakamlar hayʼati.
-
Uloqni olgan odam davrani uch aylanishi kerak boʻladi. Shundan keyingina uni hakamlar oldiga tashlab, sovrinni olish huquqiga ega boʻladi K. Yashin, Hamza
-
Aytaylik, futbol boʻyicha jahon chempionatida manman degan hakamlar ham dunyo koʻz oldida gʻirromlikka yoʻl qoʻyadilar-ku! Gazetadan
HAKAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАКАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hakam so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar