hajm
bilan ulashing
1. Biror jismning boʻy, en va balandlik jihatidan katta-kichikligi; fazoda egallab turgan oʻrni (kub birligi bilan oʻlchanadi).
-
Binoning hajmi.
-
Agar hajmini kattaroq qilsam, imoratga kerakli hamma boʻyoq va sirlarning xarajatini koʻtaradi. A. Qahhor, Sarob
-
Fazoning geometrik jism egallab turgan boʻlagining kattaligi shu jismning hajmi deb ataladi. Geometriya
2. Biror idish yoki boʻshliqning qancha narsa sigʻdira olishi, ichining kattalik darajasi; oʻlcham.
-
Yogʻ bankaning hajmi. Quduqning hajmi.
-
Tilning koʻtarilishi hamda labning choʻchchayishi bilan ogʻiz boʻshligʻining hajmi oʻzgarib, unli tovushlar oʻziga xos tus oladi. Oʻzbek tili darsligi
3. koʻchma Umuman, narsaning koʻp-ozlik darajasi, miqdori.
-
Ish hajmi. Maqolaning hajmi.
-
Tekshirishda qatnashgan kishilar gʻoʻza tuplarining soni, shoxlarining miqdori, hosilning hajmini aniqlab chiqdilar. I. Rahim, Ixlos
-
Biz, qissamizning hajmi sigʻdirmaganlikdan, uning shahardagi sofdil hayotiga batafsil toʻxtay olmaymiz. A. Qodiriy, Obid ketmon
HAJM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЖМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hajm so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar