bo‘shat
bilan ulashing
1. Boʻshamoq I feʼlining orttirma nisbati.
-
Yoʻlni boʻshatmoq. Uyni boʻshatmoq. Vagonlarni boʻshatmoq.
-
Nurali Gʻirotning ayil-pushtanini boʻshatib, qashlab, supurib, boʻlakdan egarladi. Nurali
-
Ming balo bilan Qutidor qoʻlini boʻshatib, gal Otabekka keldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Ishdan, vazifasidan ozod qilmoq; ruxsat bermoq.
-
Ishdan boʻshatmoq. Lavozimidan boʻshatmoq.
-
Oradan uch-toʻrt kun oʻtib, meni ishdan boʻshatib yubordi. S. Ahmad, Ufq
bo‘shat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Miltiq (yoki toʻp, oʻq) boʻshatmoq
-
Mayna uning oʻng qoʻliga ustma-ust ikki oʻq boʻshatdi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Katta toʻpni gumburlatib, Har tarafga toʻp boʻshatdi. Nurali
-
Namoyishga yoʻlda lash-kar Necha toʻplarni boʻshatdi. Bahrom va Gulandom
-
Ayamay, bachchagʻar miltiq boʻshatdi. Oysuluv
Koʻngilni (yoki yurakni, dilni) boʻshatmoq
-
Yuragini boʻshatdi oxir, Dardlarini yumshatdi oxir. H. Olimjon
-
Kim bilandir rosa urishib, koʻnglini boʻshatgisi kelar, lekin bunga bahona topolmas edi. M. Mansurov, Yombi
Boʻshamoq II feʼlining orttirma nisbati.
-
Qatqaloqlarni boʻshatmoq. Vintni boʻshatmoq. Cholgʻu torini boʻshatmoq.
-
Kotib bir qoʻli bilan, tomogʻini qisib turgan boʻyinbogʻini tortib, boʻshatibroq qoʻydi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
BO‘SHAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎШАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘shat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing