bo‘sha
bilan ulashing
1. Band etib yoki ishgʻol qilib turgan kimsadan, narsadan holi boʻlmoq.
-
Zal boʻshadi. Yoʻl boʻshadi. Uy boʻshadi. Inoq oilada beshik boʻshamas. Maqol
-
Sabzavot, poliz ekinlaridan boʻshagan yerlarni peshma-pesh haydashga kirishiladi. Gazetadan
-
Hafiza boʻshagan bir stulga borib oʻtirib, sumkasidagi konspektni oʻqishga tutindi. Mirmuhsin, Umid
-
Yodgor yon-veriga alanglab, zal boʻshab qolganini koʻrdi-da, darrov oʻrnidan turdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Ishdan, amaldan, mansabdan qutulmoq, ozod boʻlmoq.
-
U raislikdan boʻshadi.
-
— To bosdi-bosdi boʻlguncha, ishdan boʻshab turasizmi yo? — deb soʻradi. N. Aminov, Qahqaha
-
Oʻrozmat bu yerlardan boʻshab, boshqa ishga oʻtib ketdi. Gazetadan
-
Qizlarxon oxiri er amriga koʻnib, vazifasidan boʻshadi. Mushtum
3. Qutulib chiqmoq, qutulmoq; xoli, er-kin boʻlmoq.
-
Turmadan boʻshamoq. Birovning qoʻlidan boʻshamoq.
-
Gʻulomjon onasining issiq quchogʻidan boʻshab, sekin oʻrnidan turdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Homiladan boʻshagan ona organizmi 3-4 yil dam olishi kerak. Saodat
-
Zuhra maktabdan boʻshadi deguncha dalaga chopadi. S. Zunnunova, Olov
-
Qishloq ahli qish oylarida ishdan bir oz boʻshab qolishadi. R. Rahmon, Mehr koʻzda
4. Yechilib ketmoq.
-
It boʻshab ketibdi.
1. Boʻsh, yumshoq boʻlib qolmoq.
-
Yer namiqib, boʻshab qolibdi.
-
Qatorda norday kavshaysan, Bahorda qorday boʻshaysan. Nurali
2. Tarangligini yoki mustahkamligini yoʻqotmoq, solqalanib qolmoq, boʻshashmoq.
-
Otning ayili boʻshab qolibdi. Vint boʻshab qolibdi.
-
Ogʻi keng ishtonining boʻshab ketgan bogʻichini shosha-pisha qaytadan bogʻlashga urindi. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi
-
Dokasi boʻshab ketgan, qayta bogʻlash kerak. Oybek, Tanlangan asarlar
bo‘sha soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻngli boʻshamoq
-
Sen desam, koʻnglim boʻshab, Badanlarim qorday yashnab Nurali
BO‘SHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎША so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘sha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar