shumshay
bilan ulashing
1. Boʻshashgan, junjikkan, ezgin holatda boʻlmoq.
-
Ichkari hovlida keksa Meʼmor atrofida qizi va xotini shumshayib oʻtirishardi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
[Mingboshining] Hamma vaqt shosupada taltayib oʻtiradigan yoʻgʻon gavdasi mana endi kichraydi, nortuyadek novcha boʻyi pasaydi, oʻzi esa sovuqda qolgan yetim boladek shumshaydi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Stepan bolani koʻtarib, tepaga chiqqanda, yarim yalangʻoch, shalabbo, sovuqdan shumshaygan, holdan toygan odamlarni koʻrdi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
2. Biror narsadan xafa boʻlib, qovogʻini solmoq, toʻrsaymoq; uyalib tortingan holatda boʻlmoq.
-
Davronov roʻparada shumshayib turgan Gʻoziga qarab, uning koʻnglidagi bezovtalikni sezdi. I. Rahim, Ixlos
-
Dast-lab oʻzini aybdor sezib, shumshayib oʻtirgan bola sekin-sekin tetiklandi. Oybek, Quyosh qoraymas
SHUMSHAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШУМШАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan SHUMSHAY so‘ziga berilgan ma’nolar
shumshay so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
shumshay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar