shum
bilan ulashing
1. Yomon fikrdagi; niyati buzuq; yomon, yaramas.
-
Kecha shom vaqtida biznikiga ikkita shum yigit keldi. Taniyman. Xoʻjayin haligilarni mehmonxonaga kirgizib, eshiklarni taqa-taq yopdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Hushyor turib, adashmay, Har sharpani sezaman. Dushman qarshilik qilsa, Shum boshini ezaman. Uygʻun
-
[Gulandom:] Negaki, shumlarning kuliga tushib, ne balolarga giriftor boʻldim. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Baxtsizlik yoki halokat keltiruvchi, baxtsizlikka duchor qiluvchi.
-
Shum boʻrondan chayqaldi dengiz, Koʻk ham asta tomchi tashladi. E. Qambarov
-
[Xosiyat:] Erlarni qaʼriga tortdi shum urush, Erlarsiz uy fayzi tamom yoʻqoldi. G. Joʻrayeva
3. Koʻlidan har qanday yomonlik keladigan; ayyor, makkor, quv, qilvir.
-
Shum kam-pir.
-
— Ha, bu juda pixi qayrilgan shum xalfa, — dedi Davlatyor va Turdivoy xalfaning kirdikorini gapirib berdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Sultonov juda hushyor va shum ediki, shamol qay tomondan kelayotganini darhol bilib, vaziyatga qarab tovlanardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
4. Yaramas qiliqlar qiladigan, oʻta shoʻx, toʻpolonchi.
-
Haligi shum yigit: juda gap topolmasang, barmogʻingni mana bunday bigiz qil-da, koʻzingizga koʻlimni tiqib olaymi? degin, keyin qiz kulib yuboradi [dedi]. P. Tursun, Oʻqituvchi
shum soʻzi qatnashgan jumlalar:
Shum xabar
-
Sobirjon bu ahvolni qurgan koʻzlariga, bu shum xabarni eshitgan quloqlariga sira ishongisi kelmas-di. S. Shamsiyev, Sepsiz kelin
SHUM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШУМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shum so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar