shumlik
bilan ulashing
1. Shum kishiga xos ish, xatti-harakat, qiliq.
-
Qoʻqondagi bir maktabda turk afandidan taʼlim koʻrib, oʻsha afandidan anchagina shumliklarni oʻrgangan ekan. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Oʻrtoq Umurzoqova, koʻrib turibmanki, siz ham shumlik qilayotirsiz, marhamat, javob bering, nima maqsad bilan keldingiz? Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Bu sahroyi bolalar shumlikni bilmaydi. Oʻrgatib-oʻrgatib, ishga sola berasiz. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Yomonlik, qaygʻu-kulfat keltiruvchi narsa.
-
Uning charchogʻi ham, uyqusi ham qochgan, koʻngli bir shumlikni sezganday, keksa, horgʻin yuzini betoqatlik koʻlankasi qoplagan edi. A. Muxtor, Chinor
SHUMLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШУМЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shumlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar