shumshuk
bilan ulashing
1. Qilmishi, yomon xatti-harakati bilan kishiga xunuk koʻrinib qolgan, yoqimsiz holatga tushgan; yoqimsiz.
-
Mendan hech kim xabar olmay qoʻydi. Hammaga shumshuk koʻrinib qoldim. Gʻ. Gʻulom, Tirilgan murda
-
Vali bultur choʻldan beruxsat joʻnagani, toʻgʻrirogʻi, qochvorgani maʼlum boʻlgach, tanish-bilishlari oldida shumshuk boʻlib, oʻz rayoniga sigʻmay qolgan. H. Nazir, Oʻtlar tutashganda
-
Toʻnsiz karaxt boʻlib kelgan Muqimiy qaynana koʻziga juda shumshuk koʻringan edi. S. Abdulla, Mavlono Muqimiy
2. Shunday holatga nisbatan haqoratni bildiradi.
-
— E, shumshuk, Domla-imom och qolsa, bozor kezadi, soʻfi och qolsa, mozor kezadi, degan maqolni eshitganmisan? — dedi mulla Mamasolih Hudhud soʻfiga. N. Maqsudiy, Laylatulqadr
SHUMSHUK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШУМШУК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
SHUMSHUK so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan SHUMSHUK so‘ziga berilgan ma’nolar
shumshuk so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
shumshuk so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar