shuncha
bilan ulashing
1. ravish Shu qadar, shunchalik, shu darajada.
-
Shariat, xotinni qattiq tutish kerak, deydi-yu, ammo xotinni qancha qattiq tutsangiz, shuncha gʻaflatda qolishingizni poylaydi. A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
-
Vatan agar boʻlsa bir chaman, Siz qoʻynida xandon gʻunchalar; Ay, siz, mening kichik doʻstlarim, Vataningiz sevar shunchalar. Z. Diyor.
2. belg. olm. Noaniq miqdorga ishora qiladi; shu miqdorda.
-
Bir zumda shuncha odam yigʻildi. Darrov shuncha yil oʻtib ketibdi. Shuncha oʻylasam ham, esimga kelmadi. Shuncha vaqtdan buyon qayerda eding?
-
— [Gʻofir:] Shuncha qarzim bor ekanmi? Men buni qanday uzaman, boy ota? Hamza, Boy ila xizmatchi
-
Ajab, shuncha nevarasi bormi kam-pirning? Guldasta
-
Suyukli boʻlsam, shuncha balolarga giriftor etib, koʻcha-koʻyda sargardon qilib qoʻyarmidi S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Kor qilmadi shuncha ilm, etdi qancha sargardon. A. Oripov
SHUNCHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШУНЧА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shuncha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar