shunday
bilan ulashing
1. koʻrs. olm. Xuddi aytilganga, koʻzda tutilganga yoki koʻz oʻngidagiga oʻxshash, shunga oʻxshash, shu singari.
-
Shunday doʻst qayerda bor? Shunday vaqt keladi. Haqiqatan shunday boʻlib chiqdi. Men ham yoshligimda shunday edim. Qalamning shundaylaridan uchtasini tanlab oldim.
-
— Qalay? — dedi Sulaymonov trubkani qoʻyib, — umringizda shunday qaymoq yeganmisiz? A. Qahhor, Ikki yorti — bir butun
-
Unda [Gʻulomjonda] shunday nafratning tugʻilishi tabiiy edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Bu ishlar ichida shundaylari ham borki, shoshilinch qilinmasa, boshqa ishga ham taʼsir qilishi tayin edi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
2. Maʼnoni kuchaytiradi; shu qadar, shu darajada; shunaqangi.
-
U shunday tez yurar ediki. U hech qachon shunday ahvolga tushmagan edi.
-
Zangori osmon ham shunday tiniq, shunday begʻuborki, koʻzni oladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Boʻgʻinlari boʻrtib turgan uzun barmoqlarini tugun qilib, pidjagining choʻntagiga shunday qattiq tiqdiki, choklari chirsillab ketdi. P. Qodirov, Uch ildiz
3. ravish Aytilgan yoki koʻzda tutilgan bir tartibda, shu zaylda, ana shu tarzda.
-
Xoʻjalikni shunday boshqarish kerak. Siz ham shunday ishlasangiz boʻlmaydimi?
-
Hakimboyvachchadek hushyor yigit qayda? Boyonlarimizning bari hushyor. Aqli boʻlgani uchun boy boʻlgan-da. Shunday emasmi, Salimjon. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Shunday qilib, yoz ham oʻtdi. Nihoyat, Ahmadjon askariy xizmatga chaqirildi. A. Qahhor, Oltin yulduz
4. Quyidagicha, tubandagicha.
-
Bu xotin toʻgʻrisida mulla Norqoʻzi shunday fikrda: agar farishta ilgari oʻtgan boʻlsa — shuning onasi, endi tugʻilsa — shuning bolasi boʻladi, agar hozir yer yuzida boʻlsa — shu xotinning oʻzi. A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
5. rvsh. s.t. Odatdagi kabi, odatdagi singari, odatdagidek; oddiy usulda.
-
Oʻzimiz shunday gaplashib oʻtirgan edik.
-
Vagondan eng keyin tushgan va miltigʻini tigʻidan ushlab, ketmonday yelkasiga qoʻyib, shoshmasdan kelayotgan Ahmadjon: Stroy [saf] boʻlmasdan, shunday ketaversak boʻlmasmikan? — dedi. A. Qahhor, Oltin yulduz
6. Tasdiqdovchi javobni bildiradi; ha, toʻgʻri.
-
— Vrachmisiz? — Shunday.
-
[Eshon:] Kattalarni-chi, kattalarni ham oʻqitasizmi? — Shunday, — deb javob berdi Elmurod. P. Tursun, Oʻqituvchi
7. koʻm. vzf. Taʼkid, kuchaytiruv ifodalaydi; xuddi, naq.
-
Ishxonamiz teatr bino-sining shunday roʻparasida.
shunday soʻzi qatnashgan jumlalar:
Shunday boʻlsa ham
-
U kasal edi, shunday boʻlsa ham, ishga keldi.
SHUNDAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШУНДАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shunday so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar