kiprik
bilan ulashing
1. Koʻz qovoqlari chetida qator joylashgan tuklar.
-
Kuchli kulgidan Raʼnoning koʻzi yoshlanib, oʻsiq kiprigi juftlandi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Qozining tuzsiz koʻzlari atrofidagi siyrak kipriklari pilpilladi, lablari pichirladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2.
-
-
Sekretar qiz koʻzlarini suzib, bir-ikki marta kiprik qoqdi. S. Ahmad, Laʼli Badaxshon
-
Qoʻshnimning nafas olishi, kiprik qoqishi tezlashdi, ogʻzi xiyol ochildi, goʻyo suqsur qiz qarshisida turganday entikdi. Guldasta
kiprik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kiprik qoqmaslik
-
Sidiqjon ogʻzini, koʻzlarini katta ochib, kiprik qoqmay, favqulodda bir javob kutib turganini koʻrib, Boltaboyning kulgisi qistab ketdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Akam hamon joyidan qimir etmas, koʻzlarini oʻchoqda yonayotgan olovga qadagancha, kiprik qoqmay turardi. Q. Kenja, Baliq ovi;
-
Sidiqjon kechasi bilan kiprik qoqmay chiqdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Maston uning yonida oʻtirib, kiprik qoqmay tong ottirdi. A. Qahhor, Maston.
KIPRIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КИПРИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kiprik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar