kira
bilan ulashing
1. Biror joyga borish yoki biror yukni olib borib berish uchun arava, mashina va shu kabilarni yollash, yollanish.
-
Tuyalarimdan koʻnglim toʻq boʻlgani uchun ularni kiraga yubordim. S. Ayniy, Kullar
-
uch soyabon arava, olti otni kiraga olib, katta karvon ketidan yurishni gaplashishdi. Mirmuhsin, Meʼmor.
2. so‘zlashuv tili Badal, evaz.
-
Xolbekanimen koʻrsatsam, toʻrajon, Kirasiga ne berasan oʻzima? Kuntugʻmish
3. Kira haqi, kira puli.
-
Margʻilondan, hatto Qudratulla qorini ham yigirma besh shogirdi bilan chaqirtiribdi. Borish-kelish kiralarini ham boy oʻz ustiga olibdi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
-
Ikkala mashina ham yakka tartibda uy-joy quruvchilarga suv tashish va kira ishlash bilan band boʻlmoqda. Q. Sobirov, Baʼzi mayda-chuydalar
kira soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kira qilmoq
-
— Biz ham, otam ikkimiz, ikkita nor tuyani kira qilib, karvonga ulandik, — dedi Hoji xola. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha. ;
-
Qoʻlga tushsang kira qilyapsan, deb moliyaga yozib berishdan ham toymaydi bular. S. Anorboyev, Oqsoy
KIRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КИРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kira so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar