to‘r
bilan ulashing
1. Umuman, har qanday materialdan katak-katak koʻzli yoki bejamdor qilib toʻqilgan narsa; asbob, buyum va shu kabilarning shunday narsadan iborat qismi.
-
Sim toʻr. Futbol darvozasining toʻri.
-
Kaptarxonani kaptarlardan xoli va [kaptarxona] ogʻzidagi novdadan toʻqilgan toʻrlarni buzilgan koʻrib hayron boʻladi. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Asalarilarni parvarish qilishda, asal olishda boshga himoya toʻri kiyiladi. Zoologiya
-
Etakdagi sim toʻr ortida tovuqlar qaqagʻlaydi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Hamxonam karavot toʻrini gʻijirlatib, oʻrniga yotdi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
2. Tabiiy yoki sunʼiy toladan katak-katak koʻzli yoxud bejamdor qilib toʻqilgan gazmol; tyul.
-
Nafis tur. Ip tur. Pardabop tur. Tur parda.
-
— Nima haqda yozish ham juda muhim masala, — davom etdi u. — Lekin mana shu tyul, — deb u derazalarga tutilgan nafis gulli oppoq toʻrni koʻrsatdi. P. Qodirov, Uch ildiz
3. Shunday toʻqilmadan iborat buyum.
-
Ertalab, odat boʻyicha, Nuri toʻr roʻmol yopinib, beshikdagi boladan to keksalarga qadar — hammaga salom qilar ekan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qora toʻr qoʻlqop kiyib, yuziga sachvonga oʻxshash toʻr tutgan shlyapali xotin uni koʻrishi bilan aftini burushtirdi. S. Ahmad, Hukm
-
Zuhra begimning yuzi oq ipak toʻr ortidan aniq koʻrinmas edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
4. Shunday kataklar shaklida toʻqilgan (ishlangan), baliq yoki qush ovlash uchun ishlatiladigan buyum, asbob.
-
Bedana tutadigan toʻr. Toʻr bilan baliq ovlamoq.
-
Pirnafas aka qayiq, toʻr sanchqi sotib oldi. J. Sharipov, Xorazm
-
Ovchi sekin-asta toʻrning ipini tortibdi, hamma kaptar toʻrga ilinibdi. Ertaklar
-
Daryoga qarmoq tashlagan kishi ilinganini oladi-da, qaysi bir baliqchi toʻriga tushgan laqqani tashlabdi. I. Rahim, Chin muhabbat
5. koʻchma Qoʻlga tushirish, ilintirish vositasi; dom, tuzoq.
-
Koʻy, bolam, Oqtoshga zinhor bormagin, Yosh bachchasan, toʻrga tushib qolmagin. Nurali
-
Boyvachcha yana oshiq. Shahzoda uning yana kimga toʻr tashlayotganini sezib qolgan. K. Yashin, Hamza
6. Umuman, shunday toʻqilmaga oʻxshash, uni eslatuvchi narsa.
-
Toʻri taram-taram, yoqimli hidi gurkurayotgan qovunlar Saodat
-
Hozir Doʻstbek bilan Ahmad Tanbal bizni oʻrgimchak toʻriday chirmab kelurlar. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Qurilishning ikki tomonini koʻzdan kechirib, uning bitgach, qanday bino boʻlishini tasavvur qiladi: sinflar, zal, zalning toʻrida oʻqituvchilar xonasi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Noibning mulozimi hovli toʻriga qochdi. S. Siyoyev, Avaz
TO‘R so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘r so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar