to‘ra
bilan ulashing
1. tarixiy Yuqori tabaqaga mansub kishi; zodagon, oqsuyak, aristokrat.
-
Bu ikki qavatli katta hovli Azlarxon toʻraning hovlisi edi. Oydin, Hazil emish
2. tarixiy Xonlar davrida va chor Rossiyasi davrida Turkistonda katta amaldor, hokim.
-
Unga javob qilmay, hokimdan soʻradi: — Nima qilaylik boʻlmasa, toʻram? M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Ellikboshi oʻyladi: Mahkamaga borib, Hakimboyvachchaning obroʻsini dastak qilaman. Toʻralarning ogʻziga urish uchun pulni boyvachcha beradi. Mandan nima ketadi, Qabul qilaveray. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Hurmat yuzasidan yoki ulugʻlab, kishilarning nomiga, unvoniga, mansabiga, shuningdek, koʻchma maʼnoda baʼzi narsalarni bildiruvchi soʻzlarga qoʻshib ishlatiladigan soʻz.
-
[Sodiq:] Ha-ha-ha, balli, Mutal toʻram! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
[Mulladoʻst oʻziga oʻzi:] Obbo, hay bu kun-erta yor-yor, childirma baka-bang, qiblaga qarab kuyov toʻram oʻtiradilar. Hamza, Maysaraning ishi
-
Qudrat aka, palovxon toʻra oʻzlarini juda aziz qilib qoʻydilar, qarzdormiz. N. Safarov, Uygʻonish
-
Mana, yoniga konyak toʻrani qoʻyib, toʻngʻich hosil bilan dasturxonni bezatdim. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
4. koʻchma Rasmiyatchi, rasmiyatparast, byurokrat.
-
Boshqarma idorasiga joylashib qolgan ikki-uchta oʻzbilarmon toʻraning beboshligi tufayli ishlar ketga ketgandi. Sh. Gʻulomov, Yorqin ufqlar
5. Toʻra (erkaklar ismi).
TO‘RA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЎРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
to‘ra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar