chirmash
bilan ulashing
1. Mahkam quchmoq, oʻralmoq, oʻralib, yopishib olmoq.
-
Chirmovuqlar — sariq, suq chuvalchanglar Qiynar rayhonlarni chirmashib olib. Yoshlik
-
Ilon uni [Yusuf Asvadni] qoʻyib yubormay, mahkam chirmashgani holda, qattiq boʻgʻa boshladi. Mirmuhsin,Ilon oʻynatuvchi
-
Qora sochi belga chirmashib, Shahlo koʻzlar soʻrar edi jon. Mirtemir.
2. Mahkam yopishib, tirmashib, yuqoriga intilmoq, tirmashmoq.
-
Gʻoʻlabur sariq Krasnov oldinlashib, binokl bilan uzoqqa qaradi, soʻngra, harsillab-harsillab, daraxtga chirmashdi-da, tevarakni kuzatdi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Birpasda qarasangiz, pastdagi odamlar arqonga chirmashib, toqqa chiqib olishdi. Oydin, Oltmish gaz arqon
-
Qishloq etagidan koʻtarilgan oy olisdagi farzandlari — yulduzlarni koʻrmoq istab, osmonga chirmashardi. S. Nurov, Yostiq
CHIRMASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧИРМАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chirmash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar