chirkin
bilan ulashing
1. Chirk bosgan, chirk bosib qoraygan; xira.
-
Chirkin va siniq shishalar.
2. Qatirma kir. yagʻir. isqirt. iflos.
-
Ular gullarni sevadilar. Kiyimlari chirkin boʻlsa ham, chakkalariga gul qistirib yuradilar. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ulardan biri yengli miykada. boshiga chirkin doʻppi kiygan. N. Aminov, Qahqaha
3. koʻchma Razil, qabih, tuban.
-
Chirkin hayot. Chirkin maʼnaviy qiyofa.
-
Bu chirkin gʻamxonada joy uchun ijara toʻlaysizlar-a.ʼ Oybek, Nur qidirib
-
U [Sulton Husayn] kecha bir daqiqalik chirkin hisga berilib, bemaʼni ish qilganidan pushaymon edi. M. Osim, Karvon yoʻllarida
4. koʻchma Chirik, chirigan, oʻlib borayotgan.
-
Oʻtmishning chirkin qoldiqlari jamiyatimizga isnod keltiradi. A. Muxtor, Tugʻilish
CHIRKIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧИРКИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chirkin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar