nusxa
bilan ulashing
1. Bir turdagi narsalar haqida tasavvur beradigan namuna.
-
Mollarning nusxalari.
-
Ular buni [albomni] varaqlab, kerakli gazlamalarning parcha-purcha nusxalarini koʻrib, (material) tanlaydilar. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Bir xil qilib yasash, koʻchirish uchun tayyorlangan buyum namunasi, andaza; qolip.
-
Endigi xatni nihoyatda ehtiyot bilan, nusxaga qarab yozdirishni koʻnglidan oʻtkazdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Gul, naqsh va shu kabilarning turi; shunday gul, naqsh turi bilan ishlangan mahsulot.
-
Doʻppining chust nusxasi.
-
Yagona mashaqqati — qizga bezak mollari tayyorlash, yangi nusxalar toptirish, chevarlarga tiktirish va hokazodan iborat. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Bosma yoki yozma asarning har bir donasi.
-
Kitob ming nusxa bosildi.
-
Toshkent-da bu kitobdan faqat ikki nusxa bor, xolos. S. Ahmad, Hukm
-
Chagʻaniyon gazetasi qariyb 8 ming nusxada chop etiladi. Gazetadan
5. Biror narsaning aslidan olingan koʻchirma.
-
Bayonnoma nusxasi. Nusxa olmoq. Nusxa koʻchirmoq,.
6. s.t . Biror salbiy toifaga mansub odam.
-
Umuman olganda, tuhmatchi nusxalar yoʻqolib boryapti. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
7. sheva Aft, bashara, angor.
-
Nusxang qursin. Nusxangni koʻrsatma.
NUSXA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
НУСХА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
nusxa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar