palaxsa
bilan ulashing
1. Yer chopganda yoki haydaganda uvalanmay, butun holda koʻchgan katta yapaloq kesak.
-
Yer palaxsa-palaxsa boʻlib koʻchyapti. Yerni palaxsa-palaxsa qilib agʻdarib haydamoq.
-
Choʻl qushlarining qiligʻi qiziq: ular palaxsa-palaxsa agʻdarilib, qalayday yiltirab yotgan shudgorda oʻlja talashadi. H. Nazir, Bir tup gʻoʻza
2. Umuman, har qanday qattiq narsaning undan ajralgan yaxlit, yapaloq parchasi.
-
Bir palaxsa marmar.
-
Gʻulomjon har gurzi urganda, togʻ palaxsa-palaxsa boʻlib agʻdarilar, odamlar qiyqirishib, yugurishib tashishar emish. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Togʻning toshlari palaxsa-palaxsa ushalib, xuddi tirik mavjudotdek, pastga siljiydi. Yoshlik
PALAXSA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАЛАХСА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan PALAXSA so‘ziga berilgan ma’nolar
palaxsa so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
palaxsa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar