palag‘da
bilan ulashing
1. Aynigan, buzilgan, sasigan (tuxum haqida).
-
Palagʻda tuxum.
-
Uni qanaqa chiroyli soʻzlarga oʻramasin, palagʻda tuxumga murch sepib berganday gap — bari bir yeb boʻlmaydi. A. Qahhor, Bek
-
Olqindi ketdi-yu, uyda allaqanday mogʻor hidi bilan beshta palagʻda tuxum qoldi. S. Ahmad, Saylanma
2. Unmaydigan, quruq, qovjiroq (urugʻliklar haqida).
-
Palagʻda urugʻ.
3. koʻchma . Poʻngʻillagan, yoqmaydigan, yoqimsiz, xira (ovoz haqida).
-
Uning [Ochilvoyning] ovozi allaqanday xirillab, palagʻda chiqadi. Izzatulla aka oʻrnidan qoʻzgʻalib, unga kulumsirab qaraydi. N. Aminov, Qahqaha
-
Chol kaftini toʻldirib nos otdi-da, palagʻda tovush bilan gapga tushib ketdi. S. Ahmad, Hukm
4. koʻchma . Hech narsaga yaramaydigan, foydasiz.
-
Nishonboy, bu savoling palagʻda chiqdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
PALAG‘DA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАЛАҒДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
palag‘da so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar