palapon
bilan ulashing
1. Parrandalarning kali pat va qanot chiqarmagan yoki endigina chiqara boshlagan bolasi;
-
— Buni qarang, — dedi jilmayib Nafisaxon oʻzida yoʻq shod. — Musichaning palapon bolasi ham, shunaqa kap-katta boʻlsa ham, onasi ketidan qanot silkib, osilib yuradi Mirmuhsin, Umid
-
Tom boʻgʻotiga uya qurgan chumchuqlar bot-bot palaponlarini uchirma qilishardi. N. Qobil, Unutilgan sohillar
2. Goʻdak bolalarni, yoshlarni erkalatib aytiladigan soʻz.
-
Ilk bor hayotingda qor saylidir bu, Izingdan shuʼladek yugurar koʻzim. Qoʻrqma, palaponim, chekmagil qaygʻu, Yiqilsang, turgʻizib qoʻyaman oʻzim. A. Oripov, Yillar armoni
-
Yoʻling ochiq boʻlar, boʻlsang sen ochiq qoʻl, Omin endi, palaponim, senga oq yoʻl. Y. Eshbek, Sogʻinib yashayman
3. koʻchma betklf. hazil. Hech narsa bilmaydigan, tajribasiz.
-
Oʻrta maktabdan yaqinda uchirma boʻlgan, lekin hali chinakam turmush nimaligini bilmaydigan bu palaponlarga nima desin? S. Anorboyev, Oqsoy
4. Besoʻnaqay, katta; salmoqlanib, lapanglab yuradigan.
-
Palapon tovuq.
PALAPON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАЛАПОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
palapon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar