pala-partish
bilan ulashing
1. Ayqash-uyqash, tartibsiz, betartib.
-
Oʻziyam [uy] anchadan beri supurilmagan stullar ham joylaridan surilgan, pala-partish qoʻyilgandi. O. Yoqubov, Ayamajiz
-
Uning yogʻi chiqib ketgan doʻppi, pala-partish kiyimda kirib kelganiga Onaxon hayron qoldi. Mirmuhsin, Ildizlar va yaproqlar
2. Bir-biriga bogʻlanmagan, qovushmagan; poyma-poy, gʻaliz.
-
Pala-partish jumlalar. Pala-partish gapirmoq.
-
Pala-partish gapga chechan Arabboy yana bir narsa topishi mumkin edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Oʻylamay-netmay qilingan; bemulohaza, chala-chulpa.
-
Pala-partish ish. Pala-partish ish qilmoq.
4. Oʻylamay-netmay, chala-chulpa ish qiladigan, tartibsiz. Pala-partish odam.
-
faqat aytilgan ishni chala-chulpa bajaradigan xodim bilan mehnat intizomini buzuvchi, ishda pala-partish xodimning oʻrtasida qanday farq bor? Oʻzbekiston qoʻriqlari
PALA-PARTISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАЛА-ПАРТИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pala-partish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar