pakka
bilan ulashing
1. Musobaqa va sport oʻyinlarida yetib borish yoki toʻplanish oldindan belgilangan joy, nuqta, marra; finish.
-
U pakkaga birinchi boʻlib yetib keldi.
-
Poygada qattiq zoʻriqib chopgan ot pakkaga yetganda sulayib qolar emish. E. Aʼzam, Kechikayotgan odam
-
Futbol ishqibozlari ham choyxonamizni pakka qilib olishgan. Sharq yulduzi
2. Ishning oldindan belgilab qoʻyilgan chamasi; moʻljal, reja.
-
Ishni pakkaga yetkazmoq.
-
Har bir koʻsak, hosil bergan har chigit Bizning koʻzga ilinmasdan qolmaydi. Pakkasiga toʻldirmasdan tolmaydi Bizdagi har xotin-qiz ham er yigit. Gʻ, Gʻulom
pakka soʻzi qatnashgan jumlalar:
Pakkasiga yetmoq
-
Umrim pakkasiga yetay deganda, xudoning qahriga uchradim, qizim. Gunohim nimaligini bilmayman K. Yashin, Hamza
PAKKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАККА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pakka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar