savdo
bilan ulashing
1. Tovarni sotish, ayirboshlash bilan bogʻliq boʻlgan ikki tomonlama munosabatga doir muomala; oldi-sotdi, savdo-sotiq.
-
Savdo xodimi. Savdo korxonasi. Tashqi savdo.
-
Bir kuni qaynotasi Yodgorga maslahat soldi: — Qachongacha qishlik-qirovlik kunlardayam loy changallab yurasiz. Savdoga kiring. Savdoda gap koʻp. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Oʻzingizga maʼlum, savdo ahli zararni yoqtirmaydigan, foydatalab xalq boʻladi. K. Yashin, Hamza
-
Birorta odam savdo sohasida ishlasa, darrov odamlarning miyalariga egri fikr keladi. F. Musajonov, Himmat
2. Oldi-sotdi muomalasida molning narxi toʻgʻrisidagi tortishuv.
-
Bozorning oʻrtasida qovun-tarvuzlar uyilib yotibdi. Savdo avjida. R. Fayziy, Sen yetim emassan
3. koʻchma Savdo-sotiqdan tushgan pul.
-
Bugungi savdo yuz ming soʻmga yetdi.
savdo soʻzi qatnashgan jumlalar:
Umr savdosi
-
Umr savdosi — qiyin savdo. Maqol
-
Men umr savdosi ishida ixtiyorni [Haydaralining] oʻziga qoʻyish lozimligini va Haydarali bu sohada yanglishmaganligini aytib, boʻlajak kelinni taʼrifladim. T. Toʻla, Chaqar
1. Inson hayotida uchraydigan gʻam-tashvish, mashaqqat va kulfat, mushkul holatlar.
-
Nizomjon oʻz boshiga tushadigan savdolarning xuddi shu daqiqadan boshlanishini qayoqdan bilsin. S. Ahmad, Ufq
-
Har savdoga koʻnadi bandaning boshi, Toʻkilar kuyganning koʻzidan yoshi. Yusuf va Ahmad
-
Gulnoz Labzak arigʻi boʻylab yelib borar ekan, urush oʻz boshiga solgan savdolarni oʻylar edi. H. Gʻulom, Toshkentliklar
-
Men boʻlsam koʻzimni qaygadir tikib Oʻylardim: dunyoning savdosi shumi? A Oripov
2. Biror narsa, kimsa dardiga oʻta berilish holati.
-
Ishq savdosi. Ayriliq savdosi.
-
Hamisha xavfda koʻnglum bu muhabbat intihosidin, Meni ham etmasa majnun debon Raʼnoning savdosi. A. Qodiriy, Mehrob-dan chayon
-
Dunyo ekan Ishq degan savdo Bormi faqat mening boshimda?! E. Vohidov
3. esk. tib. Inson aʼzosidagi toʻrt xil suyuqlikning biri.
-
Ibn Sino savdoyilik kasalini savdo xiltining oshib ketishi natijasida paydo boʻladigan ruhiy kasallik deydi. Fan va turmush
-
Tabobatda inson aʼzolarida toʻrt xil suyuqlik boʻlib, bular — qon, safro, balgʻam va savdodan iborat. K. Mahmudov, Oʻzbek tansiq taomlari
savdo soʻzi qatnashgan jumlalar:
Farzand savdosi
-
Seni ado qilmish farzand savdosi, Egningga kiyibsan motam libosi. Mirtemir, Asarlar
SAVDO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САВДО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
savdo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar