savdoyi
bilan ulashing
1. Aqldan ozgan, telba.
-
— Jinni boʻlibsan! Savdoyi boʻlib qolibsan! — dedi Salimxon Obidiy unga [xotiniga]. Mirmuhsin, Umid
-
Hali oq-qorani tanimagan yigitcha bu qiyinchiliklar, vijdon iztiroblari oldida savdoyidek kalovlanib, taqdirning ayovsiz oʻyinlaridan garang boʻlib qolardi. S. Ahmad, Ufq
2. Biror kimsa, narsa dardida es-hushidan ayrilgan.
-
Uning [Salomatning] koʻyida savdoyi boʻlib qolgan edim. N. Qobil, Unutilgan sohillar
-
Xotinlar: — Bechora chol! Suyukli qizidan ayrilib, savdoyi boʻlib qoldi! — deb pichirlashar edi. O. Yoqubov, Izlayman
-
[Boʻronboy:] Ishq dardi bedavo dard: roʻyirost gapirsam, ishq yoʻlida savdoyi boʻlganman. K. Yashin, Hamza
SAVDOYI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САВДОЙИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
savdoyi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar