savag‘ich
bilan ulashing
Paxta, jun kabi narsalarni savash uchun ishlatiladigan bir juft uzun, ingichka tayoq yoki chiviqlar dastasi.
-
Savagʻich bilan paxta savamoq.
-
Osmon toʻla pagʻa-pagʻa bulutlar, xuddi savagʻichdan qochgan paxtadek titilib, koʻkni qoplab olishgan. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar
1. ot Qamishsimon boʻgʻimli, ichi poʻkaksimon moddadan iborat suv oʻsimligi.
-
Nizomjon savagʻichning bunaqa oʻsishini bilmasdi. S. Ahmad, Ufq
2. ot Savagʻich oʻsimligining poyasi.
-
Hujradan ikkita savagʻich topdim-da, rostakam katta varrak yasashga tushdim. H. Nazir, Yonar daryo
3. sifatdosh Savagʻichdan yasalgan, savagʻichdan tayyorlangan.
-
Bu ikkisi qogʻozga shodlangandek, gap-soʻzsiz, savagʻich qalamni qir-qir qogʻoz ustida yuritib turar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Salimxon tokchadan dovot bilan savagʻich ruchkani olib, xontaxtaga qoʻydi. H. Gʻulom, Mashʼal
SAVAG‘ICH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САВАҒИЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
savag‘ich so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan SAVAG‘ICH so‘ziga berilgan ma’nolar
savag‘ich so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar