savlat
bilan ulashing
1. Ulugʻvor tashqi qiyofa, salobatli koʻrinish, salobat, mahobat.
-
Usta uning yelkasi, savlati, gʻayrati, kuch-quvvat yogʻilib turgan vujudiga havas bilan boqdi. T. Ashurov, Oq ot
-
Poʻlat polvon degay nomin xaloyiq, Ishi ham savlati nomiga loyiq. Habibiy, Devon
2. koʻchma Koʻrk, iftixor.
-
Oʻsmirlar — davlatimiz, Keksalar — savlatimiz. Q. Muhammadiy
savlat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Savlat toʻkmoq
-
Umar polvonga endi bari bir boʻlgani uchun sovuqqonlik bilan qoyaday savlat toʻkib turardi. K. Yashin, Hamza
Savlatidan ot (yoki it) hurkadi
-
Ertalab kelsam, xonaga odam sigʻmay ketibdi, har olimlarki, savlatidan ot hurkadi deng. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
SAVLAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САВЛАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
savlat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar