savodli
bilan ulashing
1. Oʻqish-yozishni biladigan, savodi bor.
-
Hamza bolalarninggina emas, kattalarning ham savodli boʻlishini istardi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Men sizni oʻqitib, savodingizni chiqarib qoʻyaman. Siz yurtingizga savodli boʻlib bora siz. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Bilimli, maʼlumotli; koʻp oʻqigan, mustaqil fikrlovchi.
-
Onam diniy-dunyoviy kitoblarni oʻqigan, savodli, nihoyatda sabrli, mehr-u oqibatli ayol boʻlgan. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
-
Savodli oʻz haqini tanigan boʻladi, binobarin, uni aldash oson boʻlmaydi. K. Yashin, Hamza
SAVODLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САВОДЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
savodli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan SAVODLI so‘ziga berilgan ma’nolar
savodli so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar