masala
bilan ulashing
1. Muhokama, munozara bilan hal etilishi lozim boʻlgan narsa, ish, vazifa, muammo.
-
Uy-joy masalasi. Iqtisodiy masala. Hayot-mamot masalasi. Masalani hal qilmoq.
-
Qoʻyilgan masala ikki kun davom etgan seminar yigʻilishida atroflicha muhokama qilindi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Ikki chol oʻzlarini tashvishga solgan muhim masalaga ham javob topmaganlar. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. Bahs, muhokama, munozara va shu kabilar mavzui.
-
Masala yana xat ustiga oʻtib, Otabek qushbegidan soʻradi: — Qoʻlingizdagi maktub bilan, ehtimol, biz oqlangan chiqarmiz? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Kampir boʻlsak ham, majlisga masala boʻlib oʻtiribmiz. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Notiq Oʻrta Osiyoda tub oltin konlari va ularni oʻrganish masalalari ustida toʻxtaldi. S. Karomatov, Oltin qum
3. Umuman, biror shaxs yoki narsa bilan bogʻliq boʻlgan, nazar-eʼtiborda turgan ish, gap va shu kabilar.
-
Hozirgina oʻylab turgan joʻnash masalasi ham uning esidan chiqqan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
-
— Buning masalasi oson, oqsoqol, — dedi Sodiq aminga, uning oʻyga tolib turganini koʻrib. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Ertagayoq masalangizni dekanatga qoʻyamiz. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Mexanizator kadrlar tayyorlash masalasi keng yoʻlga qoʻyilgan. Oʻzbekiston qoʻriqlari
4. mat. Maʼlum sonlar va tegishli munosabatlar asosida nomaʼlum sonlarni topish haqidagi matematik vazifa.
-
Masalalar toʻplami.
-
Doskaga bir masala va ikkita misol yozilgach, baʼzi bilagʻon bolalarning chehrasi yorishib ketdi. F. Azizxoʻjayev, Yashil chayla
-
Masalani toʻgʻri yechdi-yu, oqqa koʻchirayotganda, vaqt tugab qoldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
5. Diniy mavzudagi tortishuv, munozara yoki vaʼz.
-
Masala aytishmoq.
-
Nima uchundir
-
[Husayn Boyqaro] shayxulislomdan shariatga doir bir masalani soʻradi. Oybek, Navoiy
masala soʻzi qatnashgan jumlalar:
Masala talashmoq
-
Bugungi ishchi oʻz sohasining bilimdoni boʻlgan injeneru texniklar bilan bahslashishga, masala talashishga qodir. Gazetadan
MASALA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАСАЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
masala so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar