marza
bilan ulashing
1. q. x. 1 Ekinzor yoki uning bir boʻlagini boshqa boʻlakdan ajratish uchun maʼlum balandlikda tuproq uyib hosil qilingan chegara; egat, yoʻl.
-
Yerni tozalab boʻlganingdan keyin xirmon joyining marzalarini hozirgisidan ikki baravar baland qil. S. Ayniy, Doxunda
-
Chol marzadan yurib, oʻqariq boʻylab ketdi. J. Abdullaxonov, Toʻfon
2. Ariq sirti; pushta.
-
Kunni kech qilish niyatida marza ustiga chiqib, tut soyasida oʻtirdim. O. Husanov, Nay
-
Boshlariga savat qalpoq kiygan suvchilar marzalarda suv tarab yurishibdi. S. Anorboyev, Yoʻlda yoʻldosh boʻlganlar
marza soʻzi qatnashgan jumlalar:
Marza olmoq
-
Chigit ekiladigan yerlarni kartalash, marza olib, bostirib sugʻorish payti keldi. J. Qodirov, Attang deb qolmang
-
U kunduzlari yelkasida ketmon koʻtarib, dalaga chiqadi, marza oladi, yer tekislaydi. N. Fozilov, Qush qanoti bilan
MARZA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАРЗА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
marza so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar