martaba
bilan ulashing
Daraja, bosqich; qadr-qimmat, obroʻ; mavqe, oʻrin] ayn. marta.
-
Gulshanbonu Xudoyor xonligining ikkinchi davrida oʻz husni bilan bir necha martaba xonning iltifotiga sazovor boʻlgan haram kanizlaridan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
1. Daraja; obroʻ; mavqe, oʻrin] 1 Jamiyat oʻrtasida erishilgan obroʻ, eʼtibor, nufuz.
-
Shu-shu boʻldi-yu, Norbuvining martabasi oshib, har bir maʼraka uning maslahatisiz boʻlmaydigan boʻlib qoldi. H. Shams, Dushman
-
— Rahmat, jon bolam, eson-omon boʻlsang boʻlgani, tengquring orasida martabangni tushirma, — degan edi onasi. A. Muxtor, Tugʻilish.
2. Mansab, lavozim, amal.
-
Oliy martaba. Martabaga minmoq.
-
Kelajakda oʻgʻlining katta martabaga erishmogʻini umid qilardi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
MARTABA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАРТАБА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
martaba so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar