marra
bilan ulashing
1. Yugurish musobaqalarida, poygada bosib oʻtiladigan yoʻlning oxirgi nuqtasi.
-
Marraga birinchi boʻlib bormoq.
-
Hamma poygada marraga yetay deb qolgan chavandozning hayajoni bilan yashaydi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
U oʻzini marraga yetay deb qolgan sportchidek sezib, yuragi hapriqdi. S. Siyoyev, Otliq ayol
2. Safarning oxirgi yeri; manzil, mazgil.
-
Karvon sahar chogʻida marraga yetib keldi. Oybek, O. v. shabadalar.
3. Biror ishning oxiri yoki oldindan moʻljallab qoʻyilgan hajmi.
-
Tursunmat aka kelgusi yili 40 sentnerlik marrani koʻzlayapti. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Kanop ekuvchi xoʻjaliklar uch ming tonna kanop tayyorlash marrasidan birinchi marta oʻzib ketdilar. Gazetadan
4. harb. Qoʻshin egallab turgan chegara, chiziq, pozitsiya.
-
Dushman qoʻshimcha kuchlar keltirib, bosib olgan marrani mustahkamlayapti. T. Rustamov, Mangu jasorat
-
Mahalliy aholi yordami tufayli biz, kishi bilmas, hujum marrasini egalladik. N. Safarov, Olovli izlar
5. Kesim vazifasidagi -niki qoʻshimchali soʻz bilan (asosan shaxs olmoshlari yoki shaxs bildiruvchi soʻzlar bilan) qoʻllanib, yutuq, gʻalaba shu soʻz anglatgan shaxs(lar)ga tegishli boʻlishini bildiradi.
-
Yetib kela olsa, marra Salimniki. Bopladi, endi marra doʻstingniki
-
Agar biror kattaroq idorada tuzukroq tanishing boʻlsa, marra seniki! Tanish basharalar
-
Kech deganda martning birinchi yarmida chigitni ekib olsak, marra bizniki. N. Safarov, Uzoqni koʻzlagan qiz
MARRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАРРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
marra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar